Navoiy shahar "Ishga marhamat" Monomarkazida Navoiy viloyati Yoshlar ittifoqi hamkorligida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.10.2020 yildagi "Sog'lom turmush tarzini tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son farmoniga asosan Monomarkaz tinglovchilari va xodimlari o'rtasida "SPORT HAFTALIGI" boshlandi.
Bugun 18.01.2022 yil "SPORT HAFTALIGI" ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi raisi S.L.Uvaytov ishtirok etib, sportning ahamiyati haqida nutq so'zlab barcha ishtirokchilarni birdamlikka chorladi. Monomarkaz direktorining birinchi o'rinbosari D.P. Jumayev musobaqa qatnashuvchilariga omad tilab musobaqalarga start berdilar.