Navoiy shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Navoiy viloyati filiali va Rossiya Xalqlar Do'stligi Universiteti hamkorligida "Pilot loyiha" doirasida tanlovlardan muvaffaqiyatli o'tgan fuqarolar uchun bepul tashkil etilgan rus tili va Rossiya tarixi bo'yicha 72 soatga mo'ljallangan o'quv kurslarini tugatgan 52 nafar fuqarolar onlayn tarzda imtihon topshirdilar.