O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri o'rinbosari M.Ubaydullayev Navoiy shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida abo'lib, mahallalardagi ishsiz, "Ayollar" va "Yoshlar" daftarlari hamda "Temir daftar"ga kiritilgan kasbiy ma'lumotga ega bo'lmagan aholi uchun tashkil qilingan kasb yo'nalishlari bilan yaqindan tanishdi.
Vazir o'rinbosari monomarkazda kasb o'rganayotgan tinglovchilar bilan suhbat o'tkazib, tinglovchilarni qiynayotgan va qiziqtirayotgan bir qator savollarga javob bergan holda mutasaddilarga markaz faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo'yicha tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berdi.