• +998 78 770-35-05
  • navoiymonomarkaz@mail.ru
  • UZ
  • RU
  • EN

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 dekabrdagi PQ-57-sonli qarori ijrosi yuzasidan...  

11.04.2022

 Navoiy shahri "Ishga marhamat" monomarkazida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-57-sonli qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish hamda amaliy yordam berish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a'zolari F.Sharipov hamda Sh.Qulmatov Monomarkazga tashrif buyurdilar.

Monomarkazda kasb o'rganayotgan har bir nogironligi bo'lgan tinglovchilar bilan suhbatda bo'lib, kelajakda o'z ish faoliyatini boshlashida qanday asbob-uskunalar zarurligini o'rgandilar. Shuningdek, tinglovchilarga yaratilgan shart-sharoitlar to'g'risida ijobiy fikrlar bildirdilar.

Scroll to top