Bugun oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni kasbiy rivojlantirish, ularning nazariy bilimini amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yanada oshirish, ta’lim va boshqa kundalik xarajatlarini qoplash uchun ish bilan ta’minlash zarurati sezilmoqda. 2022 yil 4 mart kuni davlatimiz rahbari raisligida oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida jamiyatdagi, ta’limdagi juda dolzarb masalalarga alohida urg‘u berildi va shu maqsadda joriy yilning 2024-yil 25-yanvar kuni Navoiy viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi, Navoiy davlat pedagogika instituti, shahar “Ishga marhamat” monomarkaz va viloyat “Baxt qasri” NNT, viloyat "Madadkor yoshlar" markazi hamkorligida monomarkaz binosida “Pazandachilik” yoʻnalishida maxsus master klass hamda “Tikuvchilik” yoʻnalishida oʻquv kurslarini tugatgan xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan liboslar namoyishi boʻlib oʻtdi va unda hamkor tashkilot rahbarlari, talabalar qatnashdi. Shu bilan birga talabalar uchun kasb-hunar o‘quv kurslari va shart-sharoitlar bilan tanishtirib o‘tildi, “Pazandachilik” yoʻnalishida maxsus master klass qizlar uchun juda qiziqarli va foydali bo‘ldi. O‘qish istagini bildirgan talabalar kurslarga taklif qilindi.