Rossiyaning Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi federatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi
Uchrashuvda dastlab, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati, mamlakatimizda xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni kasbga va chet tillariga tayyorlash tizimi, mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan bu borada Rossiya ish beruvchilari bilan hamkorlikdagi loyihalar haqida maʼlumot berildi.
Shu bilan birga, Rossiyaning Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi federatsiyasida mavjud 1000 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari, ushbu bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ish beruvchi korxonalar takliflari hamda fuqarolarni ishga jalb qilish imkoniyatlari muhokama etildi.
Shuningdek, delegatsiya aʼzolari "Ishga marhamat" monomarkazi faoliyati bilan tanishdi.