Joriy yilning 22-iyul kuni Navoiy shahri "Ishga marhamat" Monomarkazida Tashqi mehnat migratsiyasi Navoiy viloyati filiali hamda Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi hamkorligida chet elda ishlab kelgan fuqarolar uchun tadbirkorlik faoliyatini boshlashda ko'maklashish maqsadida bo'lib o'tgan seminar-trening yakuniga yetib, ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.