• +998 78 770-35-05
  • navoiymonomarkaz@mail.ru
  • UZ
  • RU
  • EN

Yaqin 30 yilda bizni qanday kasblar kutmoqda?

01.05.2024

Yaqin 30 yilda bizni qanday kasblar kutmoqda?

 

AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI

 

Axborot texnologiyalari iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Raqamli texnologiyalar hayotimizning barcha sohalariga kirib bordi. Atrofimizni turli darajadagi son-sanoqsiz ma'lumotlar o'rab olgan. Shu tufayli axborot texnologiyalari sohasida ishlashni biladigan mutaxassislar uchun ish joylari kafolatlanadi.

 

  1. Data jurnalist — katta raqamlar, maʼlumotlarni to‘playdi, tahlil qiladi va undan maqolalar, jurnalistik materiallarning boshqa formatlarini tayyorlashda foydalanadi.

 

  1. Raqamli transformatsiya rahbari — raqamli vositalar, marketing usullari va biznes tahlillari yordamida joriy jarayonlarni takomillashtiradi. Yangi mahsulotlar va yo‘nalishlarni yaratish uchun masʼul bo‘ladi.

 

  1. AT arxitektori — tijorat loyihalarini amalga oshiradi, murakkab AT tizimi arxitekturasini shakllantiradi. Zarur dasturiy taʼminot xususiyatlari yordamida mijozning texnik talablari asosida biznes maqsadlarini muvofiqlashtiradi.

 

  1. Raqamli lingvist — algoritmlar va neyron tarmoqlar uchun tabiiy tillarda maʼlumotlarni qayta ishlash bo‘yicha mutaxassis.

 

5. AI murabbiy — neyron tarmoqlar tomonidan yaratilgan matnni tekshiruvchi kelajak muharrirlari.

Scroll to top