Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida ijtimoiy himoya sohasida nogironligi bo'lgan shaxslarning bandligini ta’minlashga bag‘ishlangan seminar-trening dasturi o‘tkazildi.
Seminarning asosiy maqsadi ishtirokchilarni Integrajiyalashgan keys-menejment (IKM) tushunchasi va uni nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish amaliyotida qo‘llash bilan tanishtirishdan iborat.
Seminar-treningda xalqaro ekspertlar, “Inson” markazlari mutaxassislari, ijtimoiy xodimlar, bandlikka ko‘maklashish markazlari hamda monomarkazlarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi