30-iyul Butunjahon Odam savdosiga qarshi kurash kuni munosabati bilan, Navoiy shahri "Ishga marhamat" Monomarkazida "Biz - odam savdosiga qarshimiz" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida mavzuga oid videorolik namoyish etildi hamda tinglovchilar tomonidan she'rlar o`qib berildi. Tadbirda Monomarkaz xodimlari va tinglovchilari faol ishtirok etdilar.