Bugun 3-avgust kuni Navoiy viloyati IIB Probatsiya bo'limi boshlig'i O.Ilbayev boshchiligida Probatsiya nazoratida turgan shaxslarni kasb-hunarga o'qitish maqsadida Navoiy shahri "Ishga marhamat" Monomarkaziga ekskursiya tashkil qilindi.
Ekskursiya davomida Monomarkaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi hamda Navoiy viloyati IIB Probatsiya bo'limi va Navoiy shahri "Ishga marhamat" Monomarkazi o'rtasida o'zaro "Ijtimoiy hamkorlik memorandumi" imzolandi. Bunga ko'ra Probatsiya nazoratida turgan shaxslarni o'zlariga ma'qul kelgan yo'nalishlarda kasb-hunarga o'qitish, hayotda o'z o'rniga hamda ish faoliyatini boshlashda ko'maklashishga kelishildi.