Navoiy shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi psixologi tomonidan Monomarkaz xodimlari va muhandis ustalarining kasbiy va hayotiy stresslari, ruhiy tushkunliklarini oldini olish hamda ularning ish samaradorligini yanada oshirish maqsadida ruhiyatni ko'taruvchi qiziqarli psixologik seminar-trening tashkil qilindi.
Seminar - trening davomida: suhbat; kayfiyatni ko'taruvchi harakatli treninglar; rangli va sur'atli psixologik metodikalardan foydalanildi. Seminar ko'tarinki ruhda o'tdi.