Bugun 9 sentyabr kuni Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor yoʼnalishlar hamda berilgan topshiriqqa asosan Navoiy viloyatidagi Ishsiz Yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida Navoiy shahar, "А.Navoiy" istirohat bogʼi hududidagi "Nuroniylar maskani"da “Boʼsh ish oʼrinlari” mehnat yarmarkasi oʼtkazilmoqda.
Ushbu mehnat yarmarkasida Navoiy shahri "Ishga marhamat" Monomarkazi jamoasi faol ishtirok etib, fuqarolarga Monomarkaz faoliyati hamda Mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan yo'nalishlar bo'yicha ma'lumot berilmoqda.