Navoiy shahri “Ishga marhamat” Monomarkazida O‘zbekiston Respublikasi sartaroshlar va kosmetologlar assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Viloyat sartaroshlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda Monomarkaz tinglovchilaridan "Ayollar sartaroshi" yo'nalishi bo'yicha M.Xidirova 2-o'rinni, G.Hamroyeva 3-o'rinni, M.Pirmatova 4-o'rinni; "Erkaklar sartaroshi" yo'nalishi bo'yicha esa S.Azimov 2-o'rinni oldi.
Ayollar sartaroshi va stilist G.Xayrullina hamda Erkaklar sartaroshi (Xalqaro sartaroshlar tanlovi g‘olibi) A.Arifxodjayev tomonidan ishtirokchilarga master klass namoyish etildi. Sartaroshlik kasbini rivojlantirish maqsadida Viloyat sartaroshlar assotsiatsiyasi raisi etib Navoiy shahri “Ishga marhamat” Monomarkazining Erkaklar sartaroshi yo'nalishi muhandis ustasi J.Raxmatov saylandi.