Bugun 30-noyabr 2022-yil Navoiy shahri "Ishga marhamat" Monomarkazida 25-noyabrdan 10-dekabrgacha “Zoʻravonliksiz oila – farovon hayot sari” shiori ostida “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” turkum targʻibot kunlari munosabati bilan “Zoʻravonliksiz – farovon hayot sari” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi.
Davra suhbatida Navoiy viloyati IIB jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik G.X.O‘sarova, viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat kengashi raisi S.I.Sadirova, viloyat Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘limi boshlig‘i N.Sh.Ermamatovalarning ma'ruzasi eshitildi. Ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.