Bugun Navoiy shahrida AQSHning Taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda Navoiy viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi va viloyat Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi tomonidan "Gender tengligini taʼminlash boʻyicha milliy qonunchilikning umumiy tavsifi" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi. Seminar-treningda Navoiy shahri " Ishga marhamat" monomarkazi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat kengashi a’zosi ishtirok etdi.