Joriy yilning 11 noyabrida Navoiy shahrida Navoiy viloyati hokimligi, O'zbekiston Respublikasi Turizm qo'mitasi va O'zbekiston Oshpazlar uyushmasi hamkorligida ilk bor “Navoi national food fest” Navoiy milliy taomlari festivali 2023 "Sharq taomlari" tanlovi bo'lib o'tdi.
Navoiy shahridagi gastronomik ko'chada bo'lib o'tgan festivalda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan oshpaz hamda pazandalar o'larining mahoratlarini namoyish etdilar.
Hakamlarning yakuniy qaroriga ko'ra "Ishga marhamat" monomarkazi "Oshpazlik" yo'nalishi muxandis ustasi oshpaz Farxod Beknayev "Eng yaxshi milliy taom" nominatsiyasi bo'yicha "Sharq lazzati" taomi bilan faxrli ikkinchi o'rinni egalladi.