Joriy yil 20-noyabrdan 20-dekabrgacha "Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi" deb e'lon qilinganligi munosabati bilan Navoiy shahar Adliya bo'limi boshlig'i A.Xolmo'minov, Karmana tumanlararo iqtisodiy sudi raisi A.Xamidov, Karmana tumanlararo sudi sudyasi N.To'rayeva, Jinoyat ishlari bo'yicha Navoiy shahar sudi sudyasi S.Boltayev, Navoiy shahar ma'muriy sudi raisi A.Raximovlar ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi kurashish- har birimizning burchimizdir" mavzusida monomarkazimiz-ning barcha xodimlari ishtirokida qizg'in savol-javoblarga boy tarzda seminar-yig`ilish tashkil etildi.