Navoiy shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi hamda Navoiy shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda "Kimyogar" MFY hududida joylashgan "Ishga marhamat" Monomarkazda hududdagi ishsiz va ishga muxtoj fuqarolarning bandligini taʼminlash maqsadida “Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.
✅ Mazkur yarmarkada 50 dan ortiq tashkilot va korxonalar o'zlarida mavjud 350 ga yaqin boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi.
✅ Yarmarka davomida 24 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 12 nafari haq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi. Kasb-hunarga ega bo'lmagan 51 nafar fuqaroga kasb-hunarga qayta o'qitish markazlarida tahsil olishlari uchun yo‘llanmalar ajratildi, 18 nafarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
????Bosh boshqarma axborot xizmati