Yaqin 30 yilda bizni qanday kasblar kutmoqda?
AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI
Axborot texnologiyalari iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Raqamli texnologiyalar hayotimizning barcha sohalariga kirib bordi. Atrofimizni turli darajadagi son-sanoqsiz ma'lumotlar o'rab olgan. Shu tufayli axborot texnologiyalari sohasida ishlashni biladigan mutaxassislar uchun ish joylari kafolatlanadi.
- Data jurnalist — katta raqamlar, maʼlumotlarni to‘playdi, tahlil qiladi va undan maqolalar, jurnalistik materiallarning boshqa formatlarini tayyorlashda foydalanadi.
- Raqamli transformatsiya rahbari — raqamli vositalar, marketing usullari va biznes tahlillari yordamida joriy jarayonlarni takomillashtiradi. Yangi mahsulotlar va yo‘nalishlarni yaratish uchun masʼul bo‘ladi.
- AT arxitektori — tijorat loyihalarini amalga oshiradi, murakkab AT tizimi arxitekturasini shakllantiradi. Zarur dasturiy taʼminot xususiyatlari yordamida mijozning texnik talablari asosida biznes maqsadlarini muvofiqlashtiradi.
- Raqamli lingvist — algoritmlar va neyron tarmoqlar uchun tabiiy tillarda maʼlumotlarni qayta ishlash bo‘yicha mutaxassis.
5. AI murabbiy — neyron tarmoqlar tomonidan yaratilgan matnni tekshiruvchi kelajak muharrirlari.