Navoiy shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Navoiy viloyati filiali va Rossiya Xalqlar do'stligi universiteti hamkorligida pilot loyiha doirasida tanlovlardan muvaffaqiyatli o'tgan fuqarolar uchun bepul rus tili va Rossiya tarixi bo'yicha o'quv kurslari tashkil etilgan edi.
Rossiya Federatsiyasi ish beruvchilari tomonidan tanlab olingan hamda pilot loyiha doirasida o'quv kurslarida o'qitilgan 37 nafar fuqarolarga Navoiy shahar "Ishga marhamat" monomarkazida Rossiya Xalqlar do'stligi universiteti tomonidan sertifikatlar topshirildi.
Hozirgi kunda yana 1 guruh Rossiya Federatsiyasida ishlash istagida bo'lgan fuqarolar ushbu loyiha bo'yicha o'qitilmoqda.