Navoiy shahri "Ishga marhamat" monomarkazida "Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasi Navoiy viloyat filiali tomonidan monomarkazdagi tinglovchi yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, shuningdek, viloyatdagi ishlab chiqarish zonalarining ish jarayonlari va bo'sh ish o'rinlari bilan tanishtirish maqsadida "Biznes sayohat" tashkil etildi.
Yoshlar bilan bu galgi "Biznes sayohat" Karmana tumanidagi "AKFA PLAST" zavodida tashkil etildi. Zavod aholiga bir necha turdagi profil romlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, 100 ga yaqin ish o'rinlari ham yaratgan. Jarayonlar bilan yaqindan tanishgan yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Shuningdek, zavodning bo'sh ish o'rinlari bo'yicha mutaxassislar tomonidan yoshlarga ma'lumotlar berildi